Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Koreya temiryo‘l sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshiradi
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Koreya milliy temiryo‘l idorasi bosh direktori Li Son Xe boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar sohaga oid zamonaviy texnologiyalar va temiryo‘l tizimini modernizatsiya qilish uchun innovatsion hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini muhokama qildi.
Respublikada qurilishi rejalashtirilayotgan yangi yo‘nalishlarda tezyurar poyezdlar harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy signalizatsiya, geolokatsiya va harakatni boshqarish tizimi hamda Koreya navigatsiya yechimini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Koreya milliy temiryo‘l idorasi bosh direktori Li Son Xe "Toshkent – Samarqand" alohida tezyurar yo‘nalishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash jarayoni haqida ham ma’lumot berdi.
Tayyorgarlik ishlari Korea Eximbank granti ko‘magida Saman Engineering, Dong Meong Engineering Consultans & Architecture Co., Ltd, Korea Railroad Corporation va Korea National Railway kompaniyalari konsorsiumi tomonidan birgalikda olib borilishi ma’qullandi.
Mavzuga oid

07:51
O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi faxriy maslahatchisi tayinlandi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:38 / 10.06.2025