Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi
Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi A380 avtomobil yo‘lini chigirtkalar to‘dasi bosdi. FVV ushbu hududlarga kimyoviy ishlov berilayotgani va vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qilgan. O‘simlik karantini va himoyasi agentligi bunday saksovul bukri chigirtkalari ekinlarga zarar yetkazmasligini qayd etgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi A380-avtomobil yo‘lida chigirtkalar to‘dasi yurgani aks etgan video tarqaldi.
O‘simlik karantini va himoyasi agentligining bildirishicha, mazkur hududda saksovul bukri chigirtkasi to‘dasi aniqlangan. Ularni o‘z vaqtida talafotsiz bartaraf etish maqsadida Buxoro viloyatining Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati ikkita otryadga bo‘lingan holda 4509 gektar maydonda kimyoviy ishlovlar olib borgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy ishlovlar berilgani, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Buxoro viloyatining Gazli massivi, Romitan, Qorako‘l, Jondor tumanlari alohida nazorat ostiga olingan va ularda ham kuzatuv-monitoring ishlari davom etmoqda.
10 may holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 472 ming 739 gektar maydonda kuzatuv olib borilgan. Monitoring natijasida 267 ming 267 gektar maydonda zararli chigirtka tarqalgani aniqlangan. Shundan 244 ming 530 gektarda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.
«Alohida qayd etib o‘tamiz, saksovul bukri chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazmaydi. Hududlardagi tezkor shtablar tomonidan murojaatlar o‘rganilib, aniqlangan o‘choqlar qisqa fursatlarda bartaraf etilyapti», – deyiladi O‘KHA xabarida.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bu o‘tgan yildagi kabi Gazli shaharchasi atrofidagi marokash chigirtka bosqini kabi juda xavfli hisoblanmasligini, shunga qaramay, bu chigirtkalar tarqalish xavfi oldini olish kerakligini ta’kidlagan.
O‘simlik karantini va himoyasi agentligi fuqarolardan zararli chigirtka tarqalgan maydonlar to‘g‘risida 1288 yoki 71 202 10 00 raqamlariga murojaat qilishlni so‘ramoqda.
Bundan tashqari, tashkilotning barcha rasmiy sahifalarida Hududiy chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati rahbarlari va bosh agronomlarning telefon raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan. Xizmatlar va kimyoviy vositalar mutlaqo bepul, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:55
-
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi
Jahon | 15:49
-
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi
O‘zbekiston | 15:21
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025