Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
Ushbu loyiha zamonaviy mehnat bozorining eng yuqori talablariga javob beradigan muhandislar yetishib chiqadigan ekotizimni shakllantirishga xizmat qiladi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekistondagi muhim ta’lim loyihalaridan biri – yangi Tashkent Tech texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yoshlar o‘rtasida texnik ta’limning nufuzini oshirishga qaratilgan ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda.
«Strategik vazifamiz yuksak xalqaro standartlarga mos yangi avlod universitetini yaratishdir. Biz zamonaviy mehnat bozorining eng yuqori talablariga javob beradigan muhandislar yetishib chiqadigan ekotizimni shakllantiramiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, Tashkent Tech Toshkent davlat texnika universiteti negizida Boston Consulting Group ko‘magida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Ushbu loyiha jahonning ilg‘or amaliyotlarini sanoat va innovatsion rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirgan holda integratsiya qilish imkonini beradi.
«Tashkent Tech shunchaki oliy o‘quv yurti emas, balki O‘zbekistonning texnologik suvereniteti va barqaror industrial o‘sishining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi, deb ishonaman», — deya ta’kidlaydi prezident yordamchisi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

19:53 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva Fitch O‘zbekiston kredit reytingini oshirganini e’tirof etdi

18:10 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

22:06 / 23.06.2025