Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
Tumandagi 11-bog‘chaga go‘sht yetkazib beruvchi firma may oyidan hamkorlikni to‘xtatgan. Bu vaziyat esa bog‘cha ma’muriyati tomonidan vaqtida tuman bo‘limiga xabar qilinmagani, shu sababdan bolalarga go‘shsiz ovqat qilingani aytilmoqda. Voqea ortidan mas’ullarga intizomiy chora ko‘rish belgilangan.

Kun.uz'da Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 11-bog‘chada bolalar 2 kun go‘shsiz taomlanganiga oid xabar e’lon qilingandi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining viloyat boshqarmasi rasmiy izoh berdi.
Unga ko‘ra, o‘rganishlar davomida bog‘chaga aprel oyidan mol go‘shti yetkazib berib kelgan ta’minotchi “Tabassum Iqbol ta’minot” MChJ 1 may sanasidan hamkorlikni to‘xtatgan.
Qayd etilishicha, 1 may kuni kuni bog‘chada mavjud bo‘lgan (qoldiq go‘shtlar) 3,2 kg mol va 12 kg tovuq go‘shtidan taomlarda foydalanilgan va shu kuni bog‘chaga kelgan 193 nafar bolaga berilgan.
“Go‘sht mahsuloti ta’minotchi korxona tomonidan yetkazib berilmayotganligi to‘g‘risida 11-son DMTT direktori, hamshirasi, ombor mudiri tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yozma bildirgi berilmaganligi uchun joriy yilning 2- va 5 may kunlari 193 nafar tarbiyalanuvchilarning 1- va 2-taomlarga go‘sht mahsuloti solinmasdan tayyorlangan. Mazkur holat yuzasidan muassasa mas’ullariga intizomiy choralar ko‘rish belgilandi”, – deyiladi munosabatda.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat aniqlangandan keyin 5 may kuni “Nurli yo‘l Laylo market” xususiy korxonasi tomonidan bog‘chaga kech soat 19:00 da go‘sht mahsuloti yetkazib berilgan. 6 may kuni bolalarga go‘shtli taomlar tayyorlangan.
Mavzuga oid

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

14:40 / 01.07.2025
G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan ketdi

11:32 / 01.07.2025
Video: G‘ijduvon davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltakladi

15:07 / 26.06.2025