Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish, yangi istiqbolli rejalarni belgilash maqsadida 1 may kuni Xorazm viloyatiga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tashrif chog‘ida davlat rahbariga Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasining borishi haqida axborot berildi.
Bu borada 2024 yil 1 avgustda e’lon qilingan ochiq tender ikki bosqichda o‘tkazilib, unda Fransiya, Koreya, Turkiya, Qatar kabi davlatlardan sakkizta kompaniya ishtirok etdi. Yakunda idoralararo tender komissiyasining qarori bilan Koreya Respublikasining Incheon International Airport Corporation kompaniyasi g‘olib deb topildi.
Prezident ushbu kompaniya va loyiha rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Kompaniya prezidenti Inchon xalqaro aeroporti sig‘imi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turishi, servis bo‘yicha yetakchilardan biri ekanini aytdi. Urganch kompaniyaning ikkinchi aeroporti bo‘lishini ta’kidlab, uni yangilash va boshqarish rejalarini ma’lum qildi.
Davlat rahbari bunday ilg‘or kompaniya bilan sheriklikdan xursandligini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
- Xorazmda ko‘plab zamonaviy mehmonxonalar, dam olish va savdo markazlari barpo etyapmiz. Kelajakda sayyohlar oqimini 5 millionga yetkazishni maqsad qilganmiz. Buni aeroport bilan hamohang qilsak, o‘zaro manfaatli bo‘ladi, daromad ko‘payadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda samolyotlar olib kelib, tashuvlarni ko‘paytirish bo‘yicha fikr almashildi. Ushbu sheriklikdan foydalanib, servis bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish, mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Loyihaning umumiy qiymati 223 million AQSh dollari bo‘lib, uning doirasida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yo‘lovchi va yuk terminallari qurish, ICAO talablariga javob beruvchi yoritish-signal qurilmalari o‘rnatish, maxsus texnikalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Qurilish-rekonstruksiya ishlari 2025-2027 yillar davomida amalga oshiriladi. Bularning natijasida aeroport Boeing 747 va Airbus 350 kabi yirik havo kemalarini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Aerovokzalning umumiy maydoni 39 ming kvadrat metrga yetib, soatiga 1 ming 300 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvati yaratiladi.
Umuman, bunday zamonaviy infratuzilma orqali Xorazm aeroporti eng qulay yo‘nalishlardan biriga aylanadi. Xorazmning xorijlik sayyohlar uchun jozibadorligini oshirishga hamda mamlakatimiz aviatsiya sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Bo‘lajak yangi terminal loyihasi ham taqdimot qilindi. Prezident uning ichki va tashqi qiyofasida milliy ruhni aks ettirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shu yerda davlat rahbari jurnalistlar bilan ham muloqot qildi. Xorazmga tashrifdan maqsad yangi marralarni belgilab, iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, viloyatda yashayotgan 2 milliondan ziyod aholining sharoitini yaxshilash, ish o‘rinlari ochib, odamlarning daromadini ko‘paytirish ekani ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

21:44 / 26.06.2025