Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent ko‘chmas mulk bozorida uy-joylarning o‘rtacha narxi pasaydi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlar tahlilini taqdim etdi.
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasayishda davom etmoqda. Mart oyida bitimlar hajmi 8,8 foizga kamayib, 20,4 mingtani tashkil etdi.
Shunga qaramay, bozor yillik ko‘rsatkichlarda barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda – mart oyida tuzilgan bitimlar soni 2024 yilning mos davriga nisbatan 15 foizga oshdi. 2025 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, bitimlar umumiy soni 68,4 mingtaga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 10,8 foizga o‘sdi.
Faollikning eng sezilarli o‘sishi Jizzax (34 foiz) va Navoiy (29 foiz) viloyatlarida qayd etildi.
Shu bilan birga, 2021 yilda tizimli kuzatuvlar boshlanganidan buyon birinchi marta, birinchi chorak yakuniga ko‘ra, biron bir hududda savdo hajmining pasayishi qayd etilmadi.
Mart oyida mamlakatda ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyi darajasida qoldi. Yillik hisobda respublikada bir kvadrat metr uy-joy narxi 0,9 foizga oshdi. Hududlar kesimida eng sezilarli o‘sish Jizzax (12,3 foiz), Surxondaryo (10,7 foiz) va Qashqadaryo (8,5 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
Mart oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,6 foizga, birlamchi bozor narxlari esa 0,4 foizga kamaygan.
O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 5,7 foizga kamaygan bo‘lsa, birlamchi uy-joy segmentida pasayish 3,7 foizni tashkil etdi.
Yillik hisobda Toshkent shahri bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxida eng katta pasayish Mirobod (8 foiz), Chilonzor (8,7 foiz) va Yashnobod (7,5 foiz) tumanlarida kuzatildi.
Yangi uylar narxlarida ham pasayish kuzatildi. Yil davomida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narxlarda eng sezilarli pasayish Shayxontohur (14,7 foiz), Uchtepa (11 foiz) va Yunusobod (6,7 foiz) tumanlarida qayd etildi.
Mart oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi va o‘rtacha ijara narxi 8 dollarni (bir kvadrat metr uchun) tashkil etdi.
Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10 dollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida ijara narxi yillik hisobda 7,4 foizga pasaygan. Narxlarning eng katta pasayishi Mirzo-Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etilib, pasayish sur’ati o‘rtacha 10 foizga yetadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
Mavzuga oid

20:16 / 09.08.2025
Toshkentda svet o‘chmasligi uchun yana 1,8 trillion so‘m ajratiladi

12:54 / 09.08.2025
Toshkentda bankomatni o‘g‘irlashga uringan uch kishi ushlandi

22:00 / 08.08.2025
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi

14:49 / 06.08.2025