Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi
Jyeff Bezos kompaniyasi 2025 yilda Kuiper loyihasi doirasida Starlink'ga o‘xshash internetga ulanishni ta’minlashni boshlashi kutilmoqda.

Foto: United Launch Alliance
Amerikaning Amazon korporatsiyasi Kuiper loyihasi doirasida vazifasi sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘ini yaratishdan iborat bo‘lgan aloqa sun’iy yo‘ldoshlarining birinchi partiyasini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. 28 aprel, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00da AQShning Kanaveral burunidan bortida 27 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Atlas V raketasi uchirildi, deb xabar berdi raketa ishlab chiqaruvchi United Launch Alliance.
Atlas V'ning uchirilishi dastlab aprel oyining boshiga rejalashtirilgan edi, biroq noqulay ob-havo tufayli qoldirildi.
Joylashtirilgandan so‘ng, sun’iy yo‘ldoshlar Yer past orbitasida taxminan 400 milya (630 km) balandlikda aylana boshlaydi. Umuman olganda, loyiha doirasida Amazon yaqin yillarda orbitaga 3200 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlarni chiqarishni rejalashtirmoqda, ular 12 yerusti stansiyasi bilan birgalikda ishlaydi.
Tizim 400 Mbit/s minimal tezlikda keng polosali internetga ulanishni ta’minlashi kutilmoqda. Qurilmalarni orbitaga chiqarish uchun Amazon nafaqat milliarder Jyeff Bezosga tegishli Blue Origin raketalaridan foydalanadi, balki Yevropada yangi raketa uchirish qurilmalarini ham sotib oldi.
«Koyper» deb talaffuz qilinadigan Kuiper nomi quyosh tizimining chekkasida joylashgan Koyper kamariga ishora qiladi. Kichik samoviy jismlarni o‘z ichiga olgan bu joy butun Quyosh tizimi shakllangan protoplanetar tumanlikning qoldig‘i hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi
O‘zbekiston | 17:01
-
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi
O‘zbekiston | 16:53
-
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi
O‘zbekiston | 16:44
Mavzuga oid

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi

14:50 / 28.06.2025
O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda

19:44 / 22.06.2025