Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda hafta davomida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Chorshanba kuni havo harorati +25…+30 darajagacha pasayadi, so‘ngra yana ko‘tarila boshlaydi va juma kuni +33 darajaga yetadi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning eng shimolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Mamlakatning katta qismida yoz kabi +35…+38 darajagacha issiq bo‘ladi. Seshanba va chorshanba kunlari havo harorati pasayadi, chorshanba kuniga kelib harorat +25…+30 darajani tashkil etadi.
Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana ko‘tarila boshlaydi va ish haftasi oxiriga borib havo +30…+33 darajagacha isiydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida seshanba kuni +15…+20 daraja atrofida eng salqin kun bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin +28…+30 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat 29–30 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda, 1–2 may kunlari Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 28–30 aprelda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 28–30 aprel va 1–2 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dushanba kunduzi harorat +36…+38 daraja, seshanba kuni +31…+33 daraja, chorshanba kuni +26…+28 daraja bo‘ladi. Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat +29…+31 darajagacha ko‘tariladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi
Jamiyat | 10:28
-
Iqlimshunos: “Kuzatilayotgan issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy ta’sir qilmoqda”
O‘zbekiston | 10:04
-
Yandex Uzbekistan svetofor chiroqlarini real vaqtda xaritalarda ko‘rsata boshladi
O‘zbekiston | 10:00
-
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda
Jahon | 09:54
Mavzuga oid

18:27 / 21.07.2025
O‘zbekistonda hafta davomida juda issiq havo saqlanib turadi

10:33 / 18.07.2025
Hafta oxirida ham issiq harorat davom etadi

09:50 / 17.07.2025
Jazirama kunlarda qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

10:21 / 16.07.2025