Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari ikki tomonlama aloqalardagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 25 aprel kuni Olmaota shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
«Bugun Olmaotada Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari yuzasidan ochiq va atroflicha fikr almashdik. Suhbatimiz savdo, transport-logistika aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab oldi», deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
«O‘zbekiston taraqqiyotini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani, shuningdek, barqaror, farovon va o‘zaro bog‘langan mintaqani barpo etishga qaratilgan umumiy intilishlarimiz uchun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildiramiz. Ikki tomonlama aloqalarimizdagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib oldik», deb xulosa qildi Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026
Baxtiyor Saidov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
09:20 / 28.02.2026