Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz foydalanishi ta’minlanadi. Tomonlar «Chashma» bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, 24 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev raisligida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi loyiha chizig‘ining chegaraning oxirgi tartibga solinmagan uchastkasidan o‘tishi to‘g‘risidagi bayonnoma hamda ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.
Tomonlar «Chashma» bulog‘i O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz foydalanishi, o‘zbek tomoni buloqning uchdan ikki qismidan foydalanishini ta’minlash hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni o‘zbek tomoni bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat fuqarolarining «Chashma» bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.
Tomonlar qisqa muddat ichida «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim hamda davlat chegarasi uchastkasi to‘g‘risida shartnomani muvofiqlashtirish va imzolashga kelishib oldi.

Muzokaralar davomida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarning holati va ish tartibi bo‘yicha umumiy pozitsiyalar ham kelishib olindi. O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi orqali fuqarolarning qatnovi va yuk tashishlarini sezilarli darajada yengillashtirishga yordam berayotgan o‘tkazish punktlari bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilayotgan ikki tomonlama muzokaralarga yuqori baho berildi.
Shuningdek, ikki mamlakat fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2004 yildagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imkon qadar tezroq imzolash muhimligi qayd etildi.
Tomonlar tez orada ikki mamlakat vakolatli organlari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqandi. Buloq ariqlarini birgalikda tozalash vaqtida yuzaga kelgan janjal oqibatida so‘xliklardan 187 kishi jarohat olgan edi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11
-
BMT sudi iqlim o‘zgarishini jiddiy tahdid deb tan oldi
Jahon | 22:59
-
Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22 / 18.07.2025