Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi bilan Samarqand shahridagi Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman daraxtini ekdi. So‘ng ular xalqaro turizm markazida tashkil etilgan ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqand shahridagi Kongress markazining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda eman daraxtini ekdi.
«Marosim ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasidagi qat’iy intilishning ramzi bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ular Samarqanddagi xalqaro turizm markazida tashkil etilgan «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarga ko‘rgazmaning asosiy qismi — tungi sahro manzarasi namoyish etildi. «Yulduzli osmonda burjlar, Mirzo Ulug‘bek xaritasi va meridianlar namoyon bo‘ladi. Tomoshabin xuddi Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan karvon kabi qum tepaliklar orasidan o‘tadi. Yo‘l bo‘ylab insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi yoritib boriladi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
O‘zbek va turkman san’atkorlari ijrosida dutor va tanbur chalindi, buyuk shoirlar Alisher Navoiy va Maxtumquli g‘azallari o‘qildi.
Innovatsion taqdimotda maxsus jilolar va teatrlashtirilgan sahnalar keng qo‘llangani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Mavzuga oid

21:16 / 29.04.2025
Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

19:45 / 29.04.2025
Kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

17:34 / 28.04.2025