Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Takliflar Rossiya manfaatlariga juda mos ekani va Ukrainani qoniqtirmagani ta’kidlanmoqda.

Foto: Chip Somodevilla/Getty Images
Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha «tinchlik rejasini» taqdim etdi, unda AQSh Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishi va 2022 yildagi bosqindan keyin egallangan deyarli barcha hududlar ustidan Rossiya nazoratini norasmiy tan olishi qayd etilgan. AQSh Londondagi yig‘ilishda bu taklifga Ukrainaning javobini kutmoqda, deb yozdi Axios.
Ukraina hukumatiga yaqin manbaning nashrga aytishicha, rasmiy Kiyev bu taklifni Rossiya manfaatlariga juda mos, deb hisoblaydi.
«Taklifda Rossiya qanday moddiy foyda olishi juda aniq ko‘rsatilgan, biroq Ukraina nima olishi noaniq va umuman ko‘rsatilgan», dedi manba.
Ukraina Tramp taklifiga ko‘ra nima oladi?
1. «Ishonchli xavfsizlik kafolati», bu Yevropa davlatlarining maxsus tinchlikparvar guruhini va ehtimol, hamfikr bo‘lmagan boshqa mamlakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Biroq hujjatda bu tinchlikparvar operatsiya qanday ishlashi aniq emas va AQSh ishtiroki haqida hech narsa aytilmagan.
2. Xarkov viloyatining Rossiya tomonidan bosib olingan kichik bir qismi qaytariladi.
3. Ukraina janubidagi ayrim hududlarda front chizig‘i bo‘ylab oqib o‘tadigan Dnepr daryosiga to‘siqsiz kiradi.
4. Kompensatsiya va qayta qurishda yordam. Biroq hujjatda moliyalashtirish qayerdan kelishi aytilmagan.
5.Zaporojiye atom elektr stansiyasi Ukraina hududi hisoblanadi, lekin Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshqariladi va energiya ham Ukraina, ham Rossiya bilan ta’minlanadi.
6. Hujjatda, shuningdek, qazilma boyliklar bo‘yicha AQSh-Ukraina shartnomasi ham tilga olingan.
Rossiya Trampning taklifiga ko‘ra nima oladi?
1. AQSh Qrimning Rossiyaniki ekanini «de-yure» tan oladi.
2. Rossiya tomonidan Lugansk viloyati, Donetsk, Xerson va Zaporojiye viloyatlarining ishg‘ol qilingan qismlari «de-fakto» tan olinadi.
3. Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lmasligi haqidagi va’da, biroq, Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lishi mumkin.
4. 2014 yildan beri joriy qilingan sanksiyalar bekor qilinadi.
5. AQSh bilan iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi, ayniqsa, energetika va sanoat sohalarida.
Biroq, Axios fikriga ko‘ra, Ukraina bu rejani Londondagi uchrashuvda muhokama qilishni rejalashtirmagan.
«So‘nggi 24 soat ichida ukrainaliklar Londonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar chog‘ida Trampning tinchlik rejasini emas, balki 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini muhokama qilmoqchi ekani haqida alomatlar bor edi», dedi AQSh rasmiylaridan biri.
Unga ko‘ra, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Londonga bormaslikka qaror qilgan. Uning o‘rniga AQSh delegatsiyasi Buyuk Britaniya va Ukrainadagi hamkasblari bilan muzokaralarni davom ettiradi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya shu haftadayoq «kelishuv» tuzishi mumkinligini aytgan edi.
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

21:34 / 08.05.2025
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda

19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi

18:47 / 08.05.2025