Mehnat migrantlariga subsidiya va kompensatsiya ajratish tartibi belgilandi
Subsidiya va kompensatsiyalar «Xorijda ish» mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga ajratiladi.

Foto: RIA Novosti
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, «Xorijga ishga tayyorlash markazi» tashkil etiladi va unda «Yagona darcha» tamoyili asosida mehnat migratsiyasiga doir xizmatlar ko‘rsatiladi.
Shuningdek, yo‘lovchi avtobuslar sonini ko‘paytirish orqali xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan va qaytayotgan fuqarolarni tashishda arzon va tartibli transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror bilan «Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, subsidiya va kompensatsiyalar «Xorijda ish» mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi xarajatlarni qoplash bo‘yicha ajratiladi, jumladan:
- chet tillari va (yoki) kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish xarajatlarini qoplash uchun, ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda — BHMning 3 baravarigacha;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga «ishchi viza»ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash uchun — BHMning 5 baravarigacha;
- yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun — BHMning 2 baravarigacha miqdorda;
- nemis, ingliz, yapon va koreys tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng ko‘p bo‘lgan 50 nafargacha o‘qituvchiga — 50 million so‘m miqdorida.
Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan 10 million so‘mgacha Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada 2 yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya
Jamiyat | 11:00
-
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
Iqtisodiyot | 10:11
-
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
Sport | 09:25
-
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
Jahon | 23:59 / 03.05.2025
Mavzuga oid

14:58 / 03.05.2025
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi

20:46 / 29.04.2025
BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

17:03 / 28.04.2025