Xitoy o‘z manfaatlarini buzadigan davlatlarni qat’iy ogohlantirdi
Bayonot AQSh ma’muriyatining Xitoy bilan munosabatlarini cheklash uchun bosim o‘tkazish maqsadida boshqa davlatlar bilan tariflar bo‘yicha muzokaralardan foydalanish rejalariga javoban yangradi.

Foto: Getty images
Xitoy AQSh bilan bitim tuzayotgan va o‘z manfaatlariga zarar yetkazadigan ayrim davlatlarga tegishli tarzda javob qaytaradi, dedi Xitoy Savdo vazirligi vakili.
«Alohida ta’kidlash joizki, Xitoy har qanday tomonning o‘z manfaatlariga zarar keltiruvchi bitimlar tuzishiga qat’iy qarshi. Agar bu sodir bo‘lsa, Xitoy buni hech qachon qabul qilmaydi va bir xil darajada qat’iy qarshi choralar ko‘radi», deyiladi bayonotda.
Bayonot AQSh ma’muriyatining Xitoy bilan munosabatlarini cheklash uchun bosim o‘tkazish maqsadida boshqa davlatlar bilan tariflar bo‘yicha muzokaralardan foydalanish rejalariga javoban yangragan.
«G‘oya AQSh savdo hamkorlarini Oq uy tomonidan o‘rnatilgan savdo va tarif to‘siqlarini kamaytirish evaziga Xitoy iqtisodiyotini izolyatsiya qilish majburiyatini olishga majbur qilishdir», deb yozdi The Wall Street Journal.
Xitoy Savdo vazirligi o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishga qodir ekanini ta’kidlab, xalqaro savdo «o‘rmon qonuniga» qaytganidan so‘ng barcha davlatlar qurbon bo‘lishidan ogohlantirdi.
Xitoy tahdidlarga qarshi turishga va xalqaro adolatni himoya qilishga tayyor, deb qo‘shimcha qildi departament.
Mavzuga oid

00:31
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi

21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

21:05 / 07.05.2025
Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens

18:47 / 07.05.2025