Jahon | 09:50 / 19.04.2025
4050
2 daqiqa o‘qiladi

Jyey Di Vens Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘zgarishlarni ko‘rmoqda

AQSh vitse-prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi to‘xtatilishiga ishonch bildirdi. Biroq, u hech qanday aniq ma’lumot bermadi.

Foto: Jeff Kowalsky/AFP

AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lida o‘zgarishlarga ishonch bildirdi. 18 aprel, juma kuni Rimda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv chog‘ida Vens shunday dedi: «Biz bu urushni, bu juda shafqatsiz urushni tugatishimiz mumkinligiga ishonamiz». Biroq u aniq tafsilotlarni keltirmadi.

Avvalroq Parijda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Vashington Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish mumkinmi yoki yo‘qmi, tez orada bir qarorga kelishi kerakligini aytdi.  «Biz shu yerda va hozir, bir necha kun ichida bu (o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga) qisqa muddatda erishish mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlashimiz kerak, chunki bo‘lmasa, mening o‘ylashimcha, shunchaki oldinga qarab harakat qilamiz», — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP.

«Agar shunday bo‘lsa, biz ishtirok etamiz. Agar yo‘q bo‘lsa, unda... bizda e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan boshqa ustuvorliklar bor», — deya qo‘shimcha qildi Rubio. «AQSh so‘nggi uch yil davomida Ukrainaga yordam bermoqda va biz bu urush tugashini istaymiz, bu bizning urushimiz emas», — deya qo‘shimcha qildi AQSh davlat kotibi.

Mavzuga oid