Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulk realizatsiyasi jadallashtiriladi
“Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Sun’iy intellekt chizgan surat
2025 yil 1 maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.
Tijorat banklariga qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali to‘xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.
2025 yil 1 sentabrdan da’vo arizasi bo‘yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan 50 baravarigacha oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

08:00 / 17.07.2025
Bahrayn banklari O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etiladi

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

12:40 / 25.06.2025