Jahon | 22:15 / 14.04.2025
2905
2 daqiqa o‘qiladi

AQShga safar qilgan YeI rasmiylari bir martalik telefondan foydalanadi

Yevropa Komissiyasi AQShga safar qilayotgan xodimlarga josuslik xavfidan saqlanish uchun bir martalik telefonlar va oddiy, ichida ma’lumotlar bo‘lmagan noutbuklarni bermoqda.

Foto: Getty images

Yevropa Ittifoqi endi Qo‘shma Shtatlarni Xitoy kabi dushman va xavfli deb hisoblaydi. Yevrokomissiya o‘z xodimlariga AQShga xizmat safari davomida ish smartfonlari va noutbuklarini olib ketishni taqiqladi.

Bu Donald Tramp hokimiyatga kelganidan beri uzoq yillik ittifoqchilar o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik yomonlashganini ko‘rsatadi, deb yozdi Financial Times.

Yevropa Komissiyasi AQShga safar qilayotgan xodimlarga josuslik xavfidan saqlanish uchun bir martalik telefonlar va oddiy, ichida ma’lumotlar bo‘lmagan noutbuklarni bermoqda.

Yangi ko‘rsatmalar kelgusi hafta Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon bankining bahorgi sammitida ishtirok etadigan komissiya a’zolari va yuqori martabali amaldorlarga berilgan. Vaziyatdan tanish amaldorlar so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday choralar Xitoy yoki Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan kuzatuv xavfi yuqori bo‘lgan Xitoy yoki Ukrainaga safar qilishda ham qo‘llanadi.

Mavzuga oid