Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi
AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Sankt-Peterburgga bordi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov muzokaralar bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.

Foto: Anna Moneymaker / Getty Images
Sankt-Peterburgga uchib kelgan AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv mavzulari «Ukraina mojarosini tartibga solish masalalari» bo‘ladi, muzokaralar esa «prezident Putin uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha davom etadi».
Shu bilan birga, Peskov Uitkoffning Rossiyaga navbatdagi tashrifini «hal qiluvchi ahamiyatga ega deb atab bo‘lmasligini», uchrashuvdan katta burilishlar kutish kerak emasligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu RF va AQSh diplomatik ishlarining davomidir.
Peskovning ta’kidlashicha, RF uchun ushbu muzokaralar — «Uitkoffga Rossiyaning asosiy pozitsiyasi va asosiy xavotirlarini yetkazish imkoniyatidir, bu masalalar keyinchalik prezident Trampga yetib boradi».
AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharqdagi maxsus vakili Stiv Uitkoff 11 aprel kuni Sankt-Peterburgga uchib kelgan. Bu uning oxirgi ikki oydagi uchinchi tashrifidir.
Axios’ning yozishicha, Uitkoff Rossiyaga Putin bilan uchrashish uchun kelgan. Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp Rossiya va Ukraina tinchlik sulhini tuzmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv aprel oxiriga qadar imzolanmasa, AQSh Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni joriy etishi mumkin.
Avvalroq Oliy Radaning tashqi siyosat va parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi rahbari Oleksandr Merejko Uitkoffni Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishdan chetlatishni talab qilgandi. Ukrainalik deputat amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusidagi Uitkoff bayonotlarini «sharmandali va hayratlanarli» deb atagan.
Mavzuga oid

09:01
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi

01:32 / 23.04.2025
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT

21:41 / 22.04.2025
Putin ma’lum shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Zelenskiy bunga nima deydi?

10:34 / 22.04.2025