Jahon | 17:48 / 11.04.2025
1655
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Senati Bosh shtab boshlig‘i lavozimiga yangi nomzodni ma’qulladi

Iste’fodagi general-leytenant Jon Keyn AQSh Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbariga aylanadi.

Foto: REUTERS

AQSh Senati iste’fodagi general-leytenant Jon Keynni Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari lavozimiga ma’qulladi.

Qayd etilishicha, Senatda Keyn nomzodi ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan (60 ta qarshi 25 ta, yana 15 tasi betaraf).

AQSh Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi lavozimi fevral oyida, Donald Tramp kutilmaganda general Charlz Braunni lavozimdan olganidan keyin bo‘shab qolgandi. Braun — mazkur lavozimni egallagan tarixdagi ikkinchi afroamerikalik general hisoblanadi.

Charlz Braunning lavozimdan olinishi prezidentning Qurolli kuchlarda xilma-xillik va tenglikni qo‘llab-quvvatlovchi qo‘mondonlardan tozalash kampaniyasi bilan bog‘liq. Prezident lavozimga kirishgan zahoti Qurolli kuchlarda «xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik» dasturlarini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Avvalroq AQSh Qurolli kuchlari Kiberqo‘mondonligi va Milliy xavfsizlik agentligi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan general Timoti Xo lavozimdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid