Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prada modalar uyi Versace brendini qariyb 1,4 mlrd dollarga sotib oladi
Mazkur xarid Prada kompaniyasiga taxminan 6 milliard yevro aylanmaga ega konglomerat yaratish imkonini beradi.

Foto: Reuters
Italiyaning Prada modalar uyi Amerikaning Capri Holdings holdingidan 1,375 milliard dollarga Versace brendini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, Prada kompaniya qarzlarini ham qo‘shib sotib oladi. Moda olamidagi ikki yirik kompaniyaning birlashuvi hashamat sanoatida Italiya pozitsiyasini mustahkamlaydi.
«Biz Versace’ning dadil va vaqtga bo‘ysunmaydigan estetikasini zamonaviy talqinda qayta jonlantirib, uning merosini davom ettirishga harakat qilamiz», — deydi Prada direktorlar kengashi raisi Patritsio Bertelli.
AFP’ning yozishicha, Prada’ning Versace modalar uyini sotib olishi kompaniyaga taxminan olti milliard yevro aylanmaga ega konglomerat yaratish imkonini beradi. Bu esa uni fransuz gigantlari LVMH va Kering kabi bozor yetakchilariga raqobatchiga aylantiradi.
Versace modalar uyiga modeler va dizayner Janni Versache tomonidan 1978 yilda asos solingan. 1997 yilda Versace asoschisi o‘ldirilganidan keyin modalar uyi uning singlisi Donatella Versace ixtiyoriga o‘tgan. 2025 yil martda Donatella Versace kreativ direktori lavozimidan ketishi ma’lum bo‘lgan edi.
Prada modalar uyiga 1913 yilda asos solingan. Hozirda unga Miuchcha Prada rahbarlik qilmoqda. Kompaniyaning 80 foizi hozirga qadar Prada oilasiga tegishli.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

07:58 / 12.08.2019
Versace modalar uyi Xitoydan “mustaqil” Hongkong va Makao uchun uzr so‘radi

23:06 / 24.09.2018