JPMorgan: Trampning bojlarni ko‘rib chiqishi turg‘unlik xavfini kamaytirmadi
AQShning eng yirik banki Trampning tariflarni kechiktirish qarorini olqishladi, biroq retsessiya bo‘yicha prognozini o‘zgartirmadi.

Foto: Reuters / Scanpix
AQShning eng yirik banki JPMorgan Chase mamlakat iqtisodiyoti uchun salbiy prognozidan voz kechmadi va Donald Trampning bojlar joriy etishni kechiktirish qarorini savdo urushi «boshlanishining oxiri» deb atadi. Bu haqda 9 aprel, chorshanba kuni CNN telekanali bank iqtisodchilari hisobotiga tayanib xabar berdi.
JPMorgan tahlilchilari hali ham AQSh va dunyoda retsessiya ehtimoli 60 foizni tashkil etishiga ishonyapti. «Savdo va ichki fiskal masalalarda davom etayotgan siyosiy betartiblik, shuningdek, fond bozorlaridagi katta yo‘qotishlar va ishonchga zarba hisobga olingan holda, AQShning retsessiyadan qochishini kutish qiyin bo‘lib qolmoqda», — deya CNN bank ekspertlarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Shu bilan birga, bank Trampning dunyoning aksariyat davlatlari uchun to‘laqonli bojxona to‘lovlarini joriy etishni kechiktirish haqidagi qarorini ijobiy deb hisoblaydi. Avvalroq AQSh prezidenti Trampning ushbu masala bo‘yicha oldingi qaroriga javob choralarini qo‘llamagan va o‘z jamoasi vakillari bilan «muloqot qilgan» 75 davlatga 90 kunlik muhlat e’lon qilgandi.
Biroq, Trampning 10 foizlik tarif chegarasini bu davlatlar uchun qoldirgani baribir «katta zarba» bo‘lib, 2018-2019 yillardagi AQSh-Xitoy savdo urushi zarbasidan 7,5 baravar ko‘p (uning tashabbuskori ham Donald Tramp edi). «Xitoyda tariflarning 125 foizga ko‘tarilishi hayratlanarli», deb ta’kidladi bank.
«Biz ishonamizki, AQSh savdo urushi hali tugamagan va bu faqat boshlanishining oxiri», deya xulosa qildi JPMorgan.
Mavzuga oid

13:27 / 12.05.2025
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

23:06 / 09.05.2025
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi

20:39 / 09.05.2025