Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston olti oyga tuxum importini chekladi
Qozog‘iston mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatga tuxum olib kirilishiga vaqtinchalik taqiq joriy etdi.

Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi 9 apreldan boshlab xorijdan, jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlaridan tovuq tuxumlarini mamlakatga olib kirishga olti oylik taqiq joriy etdi.
Vazirlikning tushuntirishicha, ushbu chora bahor-yoz mavsumida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilgan.
«Ushbu davrda tuxumga bo‘lgan talab kamayadi, bozor ehtiyojlari sanoat ishlab chiqaruvi va xonadonlardagi mahsulotlar hisobiga to‘liq ta’minlanadi. Bu holat parranda fabrikalarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, tuxum narxi arzonlashadi. Tuxum narxining tannarxdan tushib ketishi korxonalar rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda.
Cheklov tuxumlarning Qozog‘iston hududi orqali tranziti va bir YeOII davlati hududidan boshqasiga Qozog‘iston orqali olib o‘tilishiga taalluqli emas.
Avvalroq parranda grippi epidemiyasi sabab 2024 yilning oxirgi choragida AQShda 20 milliondan ortiq tovuq nobud bo‘lgani, bu esa tuxum narxining oshishiga va do‘konlarda ularning yetishmovchiligi boshlanishiga olib kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Fevral oxirlarida Amerika Qishloq xo‘jaligi vazirligi qadoqdagi 12 ta tuxum narxi 8,41 dollarga chiqqan — bu rekord darajadagi ko‘rsatkich bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 200 foizli o‘sishni anglatadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
-
Ukrainada «Neptun» raketasiga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan xitoylik josuslar ushlandi
Jahon | 21:14
-
AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi
Jahon | 21:13
Mavzuga oid

14:32
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi

09:05 / 08.07.2025
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi

23:07 / 05.07.2025