Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi
Ukrainaning Open4business va Fixygen elektron nashrlarida "O‘zbekiston noyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 2,6 milliard AQSh dollarlik loyihalarni amalga oshiradi" sarlavhali maqolalar rus, ukrain, ingliz, nemis va ispan tillarida e’lon qilindi.

Foto: fixygen.ua
"O‘zbekiston prezidenti sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi", – deb yozgan manbalar.
Qayd etilganidek, O‘zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, germaniy, grafit, vanadiy va titan kabi 30 dan ortiq sanoat uchun muhim minerallar mavjud.
"Kelgusi uch yilda 28 ta noyob mineral bo‘yicha 2,6 milliard dollarlik 76 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda", –deyilgan materiallarda.
Eng asosiy vazifa – zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, qimmat xomashyoni rudadan ajratib olish, sofligini oshirish va yuqori qiymatli mahsulotlar yaratish ekanligi alohida urg‘ulangan. "Masalan, "Ingichka" konidagi volfram konsentrati boyitilsa, qo‘shilgan qiymat 2 karra oshadi. Hozircha shu kabi 18 ta loyiha ishlab chiqilgan", – deya ma’lum qilgan elektron nashrlar.
Shuningdek, sohada "xomashyo – qayta ishlash – ilm va texnologiya – tayyor mahsulot" zanjirini kengaytirish maqsadida molibden va volframga boy Toshkent va Samarqand viloyatlarida texnoparklar tashkil qilish taklifi bildirilgani ta’kidlangan.
Ukraina OAV yozganidek, "O‘zbekiston yetakchisi bu borada sanoat tajribalari va texnologiya transferini amalga oshirish, zamonaviy laboratoriya va o‘quv markazlari ochish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, "to‘rtinchi sanoat inqilobi" davrida munosib o‘ringa ega bo‘lish uchun mustahkam zamin yaratish zarurligi ta’kidlandi".
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

00:23 / 21.04.2025
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi

20:06 / 14.04.2025