Duma rossiyaliklarni chet el tashkilotlari bilan hamkorlik uchun 7 yilgacha qamashga ruxsat berdi
Rossiya Davlat dumasi deputatlari armiyani «obro‘sizlantirish», Rossiyaga qarshi sanksiyalarga chaqiriqlar va hukumatga ma’qul bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunlar paketini qabul qildi.

Foto: RF Davlat dumasi
Shuningdek, Davlat Dumasi Rossiyani tark etgan shaxslarni 20 turdagi jinoyatlar bo‘yicha sirtdan sud qilishga ruxsat berdi va «chet el agenti» sifatida tan olish mezonlarini kengaytirdi. Qonunlar paketi «mamlakat suverenitetini himoya qilish» maqsadida qabul qilingani ma’lum qilindi.
Xususan, armiyani «obro‘sizlantirish» (JK 280.3-moddasi) va Rossiya ishtirok etmaydigan xalqaro tashkilotlarga «manfaatdorlik yoki pulli shartnoma asosida» ko‘mak berish (284.3-modda) 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar fuqaro shunday manfaatli niyat bilan sanksiyalarga chaqirgan bo‘lsa (284.2-modda), unga 5 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Barcha holatlarda mulkni musodara qilish ham ko‘zda tutilgan. Muhim o‘zgarishlardan biri — armiyani «obro‘sizlantirish» va sanksiyalarga chaqiriqlar uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun endilikda ma’muriy jazoni kutmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy ish ochish mumkin bo‘ladi.
Ikkinchi qonun loyihasi Rossiyani tark etgan fuqarolarni «diskreditatsiya», harbiy «feyklar» tarqatish, «natsizmni oqlash», «harbiy dafn joylari va yodgorliklarga shikast yetkazish» moddalari bo‘yicha sirtdan sud qilish imkonini beradi. Shuningdek, terrorizm, ekstremizm, separatizm, ommaviy tartibsizlikka chaqirish, tajovuzkor urush boshlash, Rossiya hududiy yaxlitligiga tahdid, sanksiyalar, «xorijiy agent» majburiyatlaridan bo‘yin tovlash, «noxush tashkilotlar» faoliyatida ishtirok etish yoki uni moliyalashtirish holatlari ham bu tartibga kiradi.
Uchinchi qonun loyihasi «chet el agentlari» reyestriga kiritish uchun asoslar ro‘yxatini kengaytiradi. Vakolatli organlar bu maqomni xalqaro tashkilotlar yoki chet davlat organlarining Rossiya xavfsizligiga qarshi yo‘naltirilgan qarorlarini bajarishda ishtirok etgan shaxslarga berishlari mumkin.
Masalan, bu orqali Xalqaro jinoiy sud (Haaga) tomonidan Ukraina bolalarini zo‘ravonlik bilan deportatsiya qilgani uchun prezident Vladimir Putinni hibsga olish orderini amalga oshirishga urinayotgan shaxslar ham qamrab olinadi. Shuningdek, mamlakat xavfsizligiga qarshi foydalanilishi mumkin bo‘lgan harbiy yoki harbiy-texnik xarakterdagi ma’lumotlarni yig‘ishga fuqarolarni jalb etganlar ham «chet el agenti» deb topiladi. Bunday faoliyatni moliyalashtirish ham alohida asos sifatida belgilangan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
Jahon | 22:44
-
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Jahon | 21:57
-
Hindiston Chenab daryosi orqali Pokistonga suv yetkazib berishni to‘xtatdi
Jahon | 21:40
-
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:47
Mavzuga oid

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

14:30 / 01.05.2025