AQShning Xitoyga bojlari 9 aprelda 104 foizgacha ko‘tariladi
Donald Tramp Xitoydan keladigan tovarlarga 34 foiz bilan bir vaqtda 50 foizlik bojlar joriy etish haqidagi tahdididan ham voz kechmadi. Mavjud to‘lovlar bilan birgalikda ularning hajmi 104 foizga oshadi.

Foto: Leah Millis / Reuters
AQShning Xitoydan keladigan tovarlarga yangi tariflari 9 aprel yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 9:00) kuchga kiradi. 8 aprel, seshanba kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu choralarni kechiktirish haqida o‘ylamayapti.
Shunday qilib, Xitoydan AQShga import uchun maxsus savdo bojlari 104 foizni tashkil qiladi, deya qo‘shimcha qildi u. Livittning aytishicha, Tramp Xitoyning AQSh bilan kelishuvga erishish istagini ko‘ryapti. Pekin javob qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi, chunki «Amerika hujumga uchraganda, u yanada qattiqroq hujum qiladi», dedi Oq uy matbuot kotibi.
Tramp Vashington va Pekin kelishuvga erishmoqchi, ammo buni qanday amalga oshirishni bilmaydi deb hisoblaydi, dedi Livitt. Shu bilan birga, Tramp «Xitoy unga qo‘lini cho‘zsa, iltifot ko‘rsatishga» va’da berdi va Pekindan qo‘ng‘iroqni kutmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
Bir kun avval Tramp Xitoy bilan tariflar bo‘yicha keyingi muzokaralarni rad etdi va Xitoyga yangi qattiq savdo yig‘imlari bilan tahdid qildi. Agar Pekin 8 aprelgacha Amerika tovarlariga 34 foizlik bojlarni bekor qilmasa, AQShning Xitoy importiga 50 foizlik bojlari 9 apreldan kuchga kiradi, deya ogohlantirdi u.
Mavzuga oid

21:11
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

13:30
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50