Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi
“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJning Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodidagi ulushi Rossiya kompaniyalari ta’sischiligidagi "Transport Engineering Center" MChJ nazoratiga o‘tdi. Zavodning kuzatuv kengashi tarkibiga ham Rossiya fuqarolari kiritildi.

“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJga qarashli Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi ishonchli boshqaruvga berilgan. Bunga “KorpInfo” Telegram-kanali e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, 28 mart kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra, kuzatuv kengashi raisi Sharofiddin Qodirov ishtirokchilarga “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli kompaniya ustav kapitalining 90 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (DABA) o‘tkazilganini ma’lum qilgan.
2025 yil 21 yanvardagi 01/3-57-sonli shartnomaga muvofiq mazkur ulush "Transport Engineering Center" MChJga bir yil muddatga ishonchli boshqaruviga berilgan.
O‘z navbatida, kuzatuv kengashining to‘qqiz nafar a’zosi vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan va quyidagi ko‘rinishdagi yangi tarkib saylangan:
- Mahkamov Ilhom Rustamovich - transport vaziri;
- Qodirov Sharofiddin Tahirovich - “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bosh muhandisi;
- Ismanaliyev Murodjon Tolibjonovich - Transport vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
- Muhammadiyev O‘ktam Sharifovich - DABA bosh mutaxassisi;
- Chebakov Aleksandr Yurevich – "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Ovelyan David Artemovich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Loshmanov Aleksandr Evgeniyevich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Gulyayev Egor Vasilevich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Lachugin Kirill Alekseevich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili.
"Transport Engineering Center" nomidan kiritilgan 5 nafar a’zo Rossiya fuqarolari bo‘lib, ularning aksariyati “Transmashholding” kompaniyasining top-menejerlari hisoblanadi
Bundan tashqari, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va boshqaruvning sobiq a’zolari korxonaning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi. Yangi a’zolar va "Transport Engineering Center" 20 foiz yoki undan ortiq ulush egasi sifatida ko‘rsatilgan.
"Transport Engineering Center" MChJ haqida
"Transport Engineering Center" 2024 yilning 18 yanvar kuni Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Asosiy faoliyat turi – boshqa toifalarga kiritilmagan ta’limning boshqa turlari. Ustav fondi – 3,07 mlrd so‘m. Ta’sischilari sifatida “VTR Holdings Limited” (87 foiz) va “Vektor Texnologicheskix Resheniy” (13 foiz) keltirilgan. Ushbu tashkilotlar Moskvada ro‘yxatga olingan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning mart oyida prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi”ga borgandi.
«Mamlakatimizda temiryo‘l transporti rivojlanib, qatnovlar soni ko‘paymoqda. Bu vagonlarga bo‘lgan talabni ham oshiradi. Mazkur zavodda 16 turdagi yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqariladi va ta’mirlanadi”, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23
-
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi
Jahon | 23:05
Mavzuga oid

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

16:42 / 11.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

14:49 / 11.07.2025