Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin maktab o‘quvchilarini yozgi ta’til vaqtida ishga jalb qilishga ruxsat berdi
Rossiyada ishchi kuchi yetishmasligi kuzatilmoqda. Mamlakatda 15-17 yosh oralig‘ida bo‘lgan 6 milliondan ortiq o‘smir bor, ular orasida ishlaydiganlar ulushi esa 1 foizni tashkil etadi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ish beruvchilarga yozgi ta’til davrida dam olish va ishlanmaydigan kunlarda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni ishga jalb etishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotlar rasmiy portalida e’lon qilindi.
Qonunga muvofiq, o‘smirlar faqat aholi bandligini ta’minlash xizmatlari yo‘llanmasi asosida yoki yoshlar va bolalar uyushmalari reyestriga kiritilgan talabalar otryadlari tarkibida ishlashlari mumkin. Ishga joylashish uchun 15 yoshga yetgan shaxsning yozma roziligi talab etiladi. Agar ishga kirayotgan bola 14 yoshda bo‘lsa, u holda ota-onadan birining yozma roziligi ham kerak bo‘ladi. Yetim bolalar esa o‘zlarining yozma roziligi bilan birga, vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasini ham taqdim etishlari lozim.
Qonun 2025 yil 1 sentabrdan kuchga kiradi. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar uchun qisqartirilgan ish vaqti saqlab qolinadi. 14–15 yoshdagi bolalar uchun bu kuniga 4 soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak, 15–16 yoshdagilar uchun — 5 soatdan, 16–18 yoshdagilar uchun esa 7 soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunga qadar o‘smirlarning dam olish kunlari ishlashiga faqat san’at bilan bog‘liq sohalarda, masalan, teatr tomoshalarida yoki filmlarda suratga tushishda ruxsat etilardi.
Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati oldinroq voyaga yetmaganlar 16 yoshga to‘lganida yoki ba’zi hollarda undan ham kichik yoshda mehnat shartnomasi tuzishlari mumkinligini ma’lum qilgan edi. Masalan, 14 yoshdagi bolalar yengil mehnatga jalb qilinishi mumkin, ammo bu ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, ota-onadan biri yozma rozilik bergan bo‘lishi kerak. Bunda, ish bolaning maktab dasturini o‘zlashtirishiga zarar yetkazmasligi lozim.
Ta’kidlanishicha, Rossiyada ishchi kuchi yetishmayotgani fonida ishlayotgan o‘smirlar soni keskin oshgan. 2023 yil ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyotda ishlayotgan 15-17 yoshdagi rossiyaliklar soni 86,7 mingni tashkil etgan. Qayd etilishicha, eng ko‘p yoshlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida faoliyat yuritmoqda (30,1 ming). Shuningdek, ular ko‘pincha past malakali ishchilar sifatida jalb etilyapti (26,3 ming). Bundan tashqari, 17,3 ming o‘smir xizmat ko‘rsatish va savdo sohasida ishlaydi. 2023 yilda yoshlar orasida ish kuchi (ishlashga tayyor va ish izlayotgan shaxslar soni) 104,9 ming kishini tashkil etgan.
Rossiyada 15-17 yosh oralig‘ida bo‘lgan 6 milliondan ortiq odam istiqomat qiladi, ular orasida ishlaydiganlar ulushi esa 1 foizni tashkil etadi. AQSh Mehnat vazirligiga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatdagi 16-19 yoshli o‘smirlarning qariyb 37 foizi ishli bo‘lgan yoki izlagan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

20:30 / 27.07.2025
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi

09:02 / 27.07.2025
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos

21:19 / 26.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi

21:14 / 26.07.2025