Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Sunview Group kompaniyasi bosh direktori Ong Xang Ping bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Ong Xang Ping Farg‘ona viloyatida quvvati 200 mVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Andijon viloyatida quvvati 400 mVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish uchun munosib yer maydonlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyihalar bo‘yicha ishlarni boshlash uchun kompaniyaning ikki nafar mutaxassisi O‘zbekistonda uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Kompaniya raisi kelgusida Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilayotgan yirik binolarning tom qismlariga o‘rta quvvatli quyosh panellarni o‘rnatish va Qashqadaryo viloyatida suv nasos stansiyalarini qayta tiklanuvchi elektr manbalari bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirishda o‘zbek tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid

15:00 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

09:37 / 12.07.2025
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin

21:25 / 10.07.2025
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi

08:28 / 09.07.2025