Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining shakli va mazmuni o‘zgardi
Iqtisodiyot va moliya vazirining "Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi buyrug‘i qabul qilindi.

Foto: Huffington Post
O‘zgartirishlarga muvofiq, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi «A» va «B» sahifalardan iborat.
«A» sahifasida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
• yuqori o‘ng burchakda deklaratsiyaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami ko‘rsatiladi va bojxona organining muhri bosiladi;
• 1-bandda – harakatlanish turi (kirish, chiqish), qaysi davlatdan kelayotganligi, qaysi davlatga ketayotganligi, deklaratsiya to‘ldirilgan sana;
• 2-bandda – shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.O., tug‘ilgan sanasi, jinsi, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash davlati, fuqaroligi, 16 yoshgacha birga harakatlanayotgan shaxslarning mavjudligi (ularning F.I.O. va pasport ma’lumotlari);
• 3-bandda – bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• 4-bandda – ekvivalenti 100 mln so‘mdan oshadigan miqdordagi naqd pul ko‘rinishidagi milliy va (yoki) chet el valutasidagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
«B» sahifasi faqat «A» sahifasining 3 va 4-bandlari to‘ldirilganda to‘ldiriladi. Ushbu sahifada quyidagilar ko‘rsatiladi:
• 1-bandda – milliy va chet el valutasidagi naqd pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• 2-bandda – har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (buyumning nomi, metall turi, og‘irligi, o‘lchov birligi);
• 3-bandda – tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (farqlash xususiyatlari, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat raqami, berilgan sanasi, bergan organ, miqdori, o‘lchov birligi va qiymati);
• 4-bandda – transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (identifikatsiya raqami yoki davlat raqami belgisi, turi va rusumi);
• 5-7-bandlarda -–taqiqlangan va cheklangan tovarlar, shuningdek tovarlarni bojsiz olib kirish (olib chiqish) normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Mavzuga oid

11:02 / 03.06.2025
Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

15:26 / 29.04.2025
Davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiyalash bo‘yicha qonun loyihasi may oyida tayyor bo‘lishi kerak

12:05 / 10.04.2025