Germaniya O‘zbekistonda berilgan diplomlarni tan olishi mumkin
O‘zbekiston yoshlarini ilg‘or texnologiyalarga o‘rgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalariga ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2025 yilning 1 aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohruh G‘ulomov Germaniyaning ta’lim va migratsiya sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.
Delegatsiya tarkibiga Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari, shuningdek, GP Günter Papenburg AG ta’sischi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari kirdi.
Uchrashuvda bir qator istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston yoshlarini ilg‘or texnologiyalarga o‘rgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalariga ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘rib chiqildi.
Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinishi va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining Germaniya ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritilishi muhokama qilindi.
Mavzuga oid

21:33
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi

10:40 / 08.04.2025
Germaniyaning AQShga eksporti yangi tariflar tufayli 15 foizga qisqaradi

17:31 / 07.04.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi

13:35 / 05.04.2025