Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk oblastini deyarli to‘liq tark etganidan so‘ng, ular qo‘shni Belgorod oblastiga hujum boshladi. O‘tgan yilning avgustidagi kutilmagan operatsiyadan farqli o‘laroq, mustahkamlangan va himoyalangan Belgorod hududiga kirish ancha qiyinlashgan.

Foto: Belgorod oblasti gubernatori
Ukraina QK qancha kuch bilan, qanday maqsadlarda operatsiya olib borayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq The New York Times nashrining yozishicha, ular yaqinda chegaradan o‘tishgan. Bu haqda gazetaga ukrain hukumati va harbiylari orasidagi manba hamda ochiq ma’lumotlar tahlilchilari ma’lum qilgan.
Uch nafar ukrain harbiy va hukumat rasmiysi operatsiya Belgorod oblastida, o‘tgan yozda Kursk oblastida egallangan hududlar yaqinida davom etayotganini tasdiqlagan. Rossiyaning Z-blogerlari esa bir necha aholi punktida janglar ketayotgani va ukrainlar chegara yaqinidagi ko‘priklarni bombardimon qilayotgani haqida xabar berishgan.
Ukraina Mudofaa vazirligiga yaqin Deep State loyihasi xaritasiga ko‘ra, Kursk oblastidagi Ukraina QK nazoratidagi hudud 77 km kv.ni tashkil etmoqda (o‘tgan yili egallangan eng katta maydon 1300 km kv. deb baholangan edi). Belgorod oblastida esa 13 km kv. hudud «noma’lum» deb belgilangan — bu yer kimning nazoratida ekani aniq emas. Ushbu hudud ichida Popovka qishlog‘i, chetrog‘ida esa Demidovka joylashgan.
Urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotiga ko‘ra, ukrain qismlari 18 mart kuni Belgorod oblastining Krasnoyarujskoye rayoniiga kirib borishgan, Demidovkagacha yetib borishgan va chegara yaqinida yana uchta aholi punktiga kirishgan.
Finlandiyaning Black Bird Group tahlilchisi Pasi Paroynen buni tasdiqlab, Black Bird tekshirib, geolokatsiyasini aniqlagan bir necha videoga asoslanganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «mudofaa hududida zarur bufer hudud yarata oldi va dastlabki kunlarda chegara bo‘ylab bir necha qishloqni egalladi», shundan so‘ng Rossiya qo‘shimcha kuchlar yuborgan. Uning fikricha, Demidovka hozirda Ukraina QK nazoratida bo‘lishi mumkin.
Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov 28 mart kuni Telegram orqali turli aholi punktlaridagi o‘q uzishlar va dron hujumlari haqida ma’lumot berdi, biroq UQKning oblast hududidagi ehtimoliy harakatlari haqida hech narsa aytmadi.
«Svodki opolcheniya Novorossii Z.O.V.» Z-kanali e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina QK tomonidan tarqatilgan videolarda «yuqori aniqlikdagi aviatsion bombalar... Belgorod viloyatidagi ko‘priklarni nishonga olgan», bu bilan chegara hududini izolyatsiya qilish maqsad qilingan. Grafovkada va Nadejyevka hamda Annovka o‘rtasidagi ko‘priklarga jiddiy shikast yetkazilgani qayd etilgan.
«Ribar» kanali esa UQK Popovka qishlog‘ini egallagani va ular Krasnoyarujskoye rayoniga qarshi yirik kuchlarni ushlab turibdi, har kuni chegarani buzib kirish urinishlari davom etmoqda, deb xabar berdi. Rossiya armiyasi esa bu hududga qo‘shimcha kuchlar yuborgan.
Ukraina hukumatining Rossiya dezinformatsiya operatsiyalariga qarshi kurashish bilan shug‘ullanuvchi yuqori martabali rasmiysi Andrey Kovalenko NYT nashriga bergan bayonotida Ukraina hozirda Rossiya hujumlaridan himoyalanish maqsadida jangovar harakatlar olib borayotganini aytdi va ular Belgorod oblasti hududida joylashgan dushman kuchlarini yo‘q qilishni maqsad qilganini qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, Rossiya bu kuchlarni Ukraina hududiga qarshi foydalanishni rejalashtirayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025