Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

27 mart kuni qabul qilingan qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. Xususan, Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirish kiritildi.
Qonunga ko‘ra, shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi:
● BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o‘quvdan o‘tganligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Adliya vazirligi qonunning to‘liq matnini e’lon qilmadi.
2024 yil dekabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ushbu qonun haqida bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ma’lumot bergan edi. Ortiqova bu jazo onlayn tarzdagi o‘quvlarda qatnashayotgan shaxslarga ham taalluqli bo‘lishini, bunday o‘quvlarda kimdir bilib, kimdir bilmay qatnashishini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
O‘zbekiston | 15:49
-
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 15:33
-
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor
Jahon | 15:02
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:56
Mavzuga oid

17:34 / 17.07.2025
Piskentda bank kassiri haydovchilar to‘lagan jarimani o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025