Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar ob-havoni tezroq va aniqroq bashorat qilish usulini ishlab chiqdi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi tizim superkompyuterlar o‘rnini egallaydi.

Foto: Murdo MacLeod/The Guardian
Aardvark Weather sun’iy intellekti ob-havoni an’anaviy usullarga nisbatan ancha tezroq va aniqroq bashorat qila oladi. Bu haqda The Guardian gazetasi Nature jurnalida chop etilgan tadqiqotga asoslanib xabar berdi.
Hozirda meteorologlar ob-havoni prognoz qilish uchun murakkab algoritmlardan foydalanadi. Bularni superkompyuterlarda qayta ishlash soatlab vaqt oladi. Bundan tashqari, ushbu tizimlarni ishlab chiqish uchun butun boshli mutaxassislar jamoasi zarur.
Kembrij universiteti olimlari Alan Tyuring instituti, Microsoft Research va Yevropa o‘rta muddatli ob-havo prognozlari markazi bilan hamkorlikda yangi yondashuvni taqdim etdi.
Ular neyrotarmoqni ob-havo stansiyalari, sun’iy yo‘ldoshlar, aerostatlar, kemalar va samolyotlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga o‘rgatdi. Bu esa an’anaviy modellashtirish usullaridan foydalanmasdan turib, ob-havo prognozlarini olish imkonini beradi.
Tadqiqotchilarning aytishicha, sun’iy intellekt yordamida bir nafar mutaxassis oddiy kompyuterda aniq prognozlar tuzishi mumkin. Kembrij universitetining sun’iy intellekt bo‘yicha professori Richard Terner ta’kidlashicha, bu texnologiya prognozlarni Afrikadagi qishloq xo‘jaligidan tortib Yevropadagi shamol energetikasigacha bo‘lgan muayyan vazifalarga moslashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Aardvark Weather tizimi ob-havoni sakkiz kun oldindan bashorat qila oladi, zamonaviy usullar esa faqat besh kunlik bashoratni ta’minlaydi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ushbu tizim alohida hududlar uchun ham aniq ob-havo ma’lumotlarini taqdim etish imkoniyatiga ega.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
Mavzuga oid

07:37 / 06.08.2025
Suv xo‘jaligida ilmiy-tadqiqotlar mintaqaviy bazasi kengaytiriladi

22:12 / 04.08.2025
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin

11:10 / 06.07.2025
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat

10:37 / 12.06.2025