Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduqodir Husanov Shavkat Mirziyoyevga «Manchester Siti» formasini sovg‘a qildi
Abduqodir Husanov 21 mart kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tgan Navro‘z tantanasida ishtirok etib, tadbirdan keyin prezident bilan uchrashdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Navro‘z tadbirlarida qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov 21 mart kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tgan Navro‘z tantanasida ishtirok etib, tadbirdan keyin prezident Shavkat Mirziyoyevga imzosi tushirilgan «Manchester Siti»dagi libosini sovg‘a qildi.
E’lon qilingan suratdan ko‘rish mumkinki davlat rahbari bilan uchrashuvda Abduqodirga otasi Hikmat Hoshimov hamrohlik qilgan.
Husanov kuni 20 mart kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda ishtirok etgandi. U 25 mart kuni O‘zbekiston milliy jamoasi bilan Eronga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yanvar oxirlarida Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan safari chog‘ida «Manchester Siti» klubi egalari sanalmish Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashgan edi. O‘shanda O‘zbekiston prezidenti Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashuvda Abduqodir Husanovning «Manchester Siti» klubiga o‘tishi haqida ham suhbatlashgani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi
Fan-texnika | 22:37
-
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?
Iqtisodiyot | 22:05
-
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi
Fan-texnika | 21:44
Mavzuga oid

12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi

11:59 / 27.06.2025
Vinisius «Real»ni birinchi o‘rinda olib chiqdi, «Siti» «Yuventus»ga 5 ta gol urdi

10:10 / 23.06.2025
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

20:34 / 18.06.2025