Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Federal tergov byurosi ichki terrorizmga qarshi kurash bo‘limini qisqartirmoqda
Shuningdek, Tramp ma’muriyati FTBning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma tezkor guruhlariga immigratsiya choralarida yordam ko‘rsatishni topshirgan.

Foto: Reuters
AQSh Federal tergov byurosi (FTB) ofisda ichki terrorizmga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchilar shtatini qisqartirdi va ushbu tergovlarni kuzatish uchun ishlatilgan vositadan voz kechdi, deb xabar beradi Reuters.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, FTB xodimlari ichki terroristik operatsiyalar bo‘limidan boshqa joylarga o‘tkazilmoqda. Ikki manbaning aytishicha, taxminan 16 kishi boshqa joyga o‘tkazilgan. Yana bir manba esa rahbariyatda bo‘limni butunlay tarqatib yuborish masalasi muhokama qilingani, biroq yakuniy qaror hali e’lon qilinmaganini bildirgan.
Shuningdek, FTB ichki terrorizmga oid tergovlarni markirovkalash amaliyotini to‘xtatgan. Reutersʼning yozishicha, ushbu belgilash tizimi xizmatga butun mamlakat bo‘ylab tegishli ishlarni kuzatish va tendensiyalarni aniqlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati FTBning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma tezkor guruhlariga immigratsiya choralarida yordam ko‘rsatishni topshirgan.
Agentlik suhbatdoshlarining xavotiriga ko‘ra, bu o‘zgarishlar FTBning oq tanlilar ustunligini targ‘ib qiluvchi va ekstremistik guruhlardan kelayotgan tahdidlarni kuzatish qobiliyatini zaiflashtirishi mumkin. Ayrim sobiq amaldorlar esa aksincha, o‘zgarayotgan tahdidlardan kelib chiqib resurslarning qayta taqsimlanishi FTB uchun noodatiy holat emasligini aytmoqda.
Jurnalistlarning so‘rovlariga FTB bevosita javob qaytarmagan, biroq byuro, «terrorizm, zo‘ravonlik jinoyatlari, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi va kiberhujumlardan AQShni himoya qilish»ga intilayotganini ta’kidlagan.
Avvalroq AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Pentagon va mamlakat armiyasining yuqori rahbariyatiga keyingi besh yilda mudofaa xarajatlarini har yili 8 foizdan qisqartirish bo‘yicha reja ishlab chiqishni buyurgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

18:43 / 15.07.2025
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

15:16 / 15.07.2025