«Eronni yutsak, JCh-2026ga chiqish masalasini 99 foizga hal qilamiz» - Shomurodov va Masharipov muhim g‘alaba va Tehrondagi o‘yin haqida
O‘zbekiston – Qirg‘iziston (1:0) uchrashuvidan keyin milliy jamoamiz yetakchilari Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov JCh-2026ga yo‘llanma olish masalasida fikrlarini bildirishdi.

«Muhim 3 ochkoga ega chiqib, JCh-2026 sari yana bir qadam tashladik. Keyingi Eronga qarshi bahs biz uchun finalga teng uchrashuv. Eron bilan bahsda yutsak, JCh-2026ga chiqish masalasini 99 foizga hal qilamiz.
Penaltidan foydalana olmadim? Bu futbolda bo‘lib turadigan holat. Muhimi g‘alaba qozondik.
11 metrlik zarbani ijro etishimdan oldin Otabek Shukurov va Jaloliddin Masharipov bilan muhokama qildik, o‘zi yarim jamoa penaltidan gol ura olmasligimni sezgan ekan. O‘zi penaltini kam tepaman», - deydi Eldor Shomurodov.
Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi maydonga tushmasligi haqida fikrini bildirdi.
«Oson o‘yin bo‘lmadi. Yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Asosiysi 3 ochkoga ega chiqdik.
Eldorni oldiga borib “penaltini tepasanmi yoki men tepaymi” dedim. U tepaman degach, xo‘p dedim.
Eronga qarshi o‘yinda istalgan futbolchi maydonga tushishni istaydi, o‘zim ham o‘sha paytda bekor yiqildim. Endi Tehronda o‘ynay olmayman. Hozir JCh-2026ga 90 foizga yaqinlashdik», - dedi Jaloliddin Masharipov.
«Muhimi – uch ochkoga ega chiqdik, «Ozodi»da oson bo‘lmaydi». Kapadze Qirg‘iziston ustidan g‘alaba, Eldorning zarbasi va Masharipovning o‘ynamasdigi haqida
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 7-turi doirasidagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston (1:0) uchrashuvidan keyin Temur Kapadze va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Hojiakbar Alijonov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Xalqimizni bugungi g‘alaba va Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. Bugun yaxshiroq, chiroyliroq yutishimiz mumkin edi, ammo muhimi g‘alaba. Qirg‘iziston ham yaxshi o‘ynadi, himoyalandi. Ular aytarli vaziyat yaratgani yo‘q.
- Jaloliddin Masharipov sariq kartochka olsa o‘ynamasligini bilardi, ammo ko‘pchilik qo‘rqqanidek simulyatsiya uchun ogohlantirilib, Eronga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi. Eron futbolini yaxshi biladiganlardan Oston O‘runovning ham holati ham yaxshi emas. Erondagi muhim uchrashuv oldidan bu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
- Aliqulov jarohat oldi, keyin O‘runov tayyor bo‘lmadi. Oston keldi, ammo o‘ynay olmadi. Ha, bilardi, ammo futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Futbol hissiyotlarga boy o‘yin. Bu borada ehtiyot bo‘lish kerakligini uqtirgandik. Ammo tarkibda o‘yinchilarimiz bor, Jaloliddinning o‘rnini tarkibdagi boshqa o‘yinchilardan biri bilan to‘ldiramiz. Ha, Masharipovning yo‘qotilishi boshog‘riq bo‘ladi, ammo vaziyatdan chiqib keta olamiz.
- Turkmanistonga qarshi o‘yinda orttirilgan jarohatdan keyin ko‘p vaqt o‘ynamadingiz, aslida shunga kim aybdor edi?
Hojiakbar Alijonov: - Bu kimningdir aybi emas. Turkmanistonga qarshi o‘yindan keyin Eron bilan ham ikki taym o‘ynaganman. Keyinchalik «Paxtakor»da ham o‘yinlarda qatnashdim. Futbolda jarohatlar oddiy holat.
- Shomurodov penaltidan foydalana olmadi. Negadir o‘zbek futbolida so‘nggi paytlarda penaltidan foydalanish muammo bo‘lib kelmoqda. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- Bu muammo emas, ruhiy jarayon. Bugun penaltini yomon tepmadi. Darvozabonlar yaxshi harakat qilyapti. O‘tkir Yusupov ham bizni necha marta penaltilardan qutqargan. Bunday individual holatlar bo‘yicha gapirish qiyin. Eldorda bugun bosim yo‘q edi, istalgan burchagiga tepsa bo‘lardi. Balki urganimizda boshqacharoq bo‘lardi. Umuman olganda, o‘yinni yirik hisobda yutganimizda yaxshiroq bo‘lardi. Asosiysi, bahs bizning nazorat ostida o‘tdi. Balki gol urilganida ko‘proq ursak bo‘lardi. Oldinda o‘ynadik va vaziyatni kutdik. Menimcha, raqiblarda birorta vaziyat bo‘lmadi.
- Penaltilar seriyasi yoki penaltilar bilan muammolar bo‘lib kelgan. Bu borada ishlar olib borilyaptimi?
- E’tibor beryapmiz. Oxiri o‘zim chiqib penalti tepaman, shekilli. Barcha futbolchilar mashg‘ulotlardan keyin qo‘shimcha ishlashyapti. Eldor boshqa burchakka ham tepishi mumkin edi. Yaxshi tepdi ham, darvozabon olib chiqdi. Buni kamroq muhokama qilish kerak deb o‘ylayman. Shunda muammo bo‘lmasa kerak, - dedi Temur Kapadze matbuot anjumanida.
Mavzuga oid

17:11 / 24.03.2025
Masharipov Qirg‘iziston bilan o‘yinda raqibga qizil ko‘rsatilganini bilmaganini aytdi

05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

20:35 / 01.03.2025