Havas Holding Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirib, xalqaro sheriklik aloqalarini yanada kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.

Foto: Havas Holding
11-13 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida Strategik hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, shuningdek, moliya-iqtisodiyot, investitsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga doir qator hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston va Fransiya kompaniyalari o‘rtasida 6,5 milliard yevrolik qo‘shma loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi alohida e’tiborga loyiq.
Sh. Mirziyoyevning tashrifi doirasida Parij shahrida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari hamda 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston rahbari tadbirkorlarga islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirib, xalqaro sheriklik aloqalarini yanada kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.
Parijda o‘tkazilgan tadbirlar Havas Holding uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Xususan, xolding vakillari Groupe Sodiaal SA, Accor Group, Fauchon Hospitality, FM Logistic, CMA CGM Group va boshqa yetakchi fransuz kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar.
Muzokaralar chog‘ida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika, mehmonxona xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Havas Holding va Candia o‘rtasidagi muzokaralar davomida tomonlar sut mahsulotlarini hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar. Ushbu loyihaning qiymati 30 mln yevroga baholanmoqda. Candia — dunyodagi eng yirik yigirmata sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tarkibiga kiruvchi Fransiya sut kooperativlari guruhi — Groupe Sodiaal SA tarkibiga mansub brend.
Shuningdek, Havas Holding vakillari Maison Kayser bilan hamkorlikda non, qandolatchilik va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidagi loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Maison Kayser kompaniyasi 1996 yilda Erik Kayzer tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, non va qandolat mahsulotlari tayyorlash sohasida mualliflik ishlanmalariga ega global novvoyxonalar tarmog‘idan tashkil topgan.
Fransiyaga tashrif davomida Accor Group vitse-prezidenti Filipp Bone bilan ham muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar turli toifadagi mehmonxonalarni qurish istiqbollarini muhokama qildilar. Ayni paytda Havas Holding va Accor Group kompaniyasi premium toifadagi Pullman va o‘rta toifadagi Novotel mehmonxonalarini ochishdan manfaatdor. Accor — eng yirik xalqaro mehmonxona operatorlaridan biridir. Guruh dunyoning 110 mamlakatidagi 5000 dan ortiq mehmonxona va 10 000 ta restoran, kafe va barlarni birlashtiradi.
Mehmonxona biznesi yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida Havas Holding bilan Fauchon Hospitality kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Fauchon — 1886 yildan buyon lyuks toifadagi gastronomiya sohasida faoliyat yuritib kelayotgan kompaniya. Fauchon dunyoning 50 mamlakatida mehmonxonalar, restoranlar, kafelar va chakana savdo do‘konlarini boshqaradi. Tomonlar O‘zbekistonda Fauchon premium butik-mehmonxonalarini ochish istiqbollarini muhokama qildilar.
Ta’kidlash joizki, Havas Holding uchun logistika biznesi alohida ahamiyatga ega. Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston xoldingi vakillari Fransiyaning FM Logistics va CMA CGM Group kabi yirik logistika kompaniyalari bilan uchrashuvlarni rejalashtirgan.
FM Logistics — fransuz kompaniyalari guruhi bo‘lib, dunyoning 12 ta davlatida omborda saqlash, kopaking, tashish va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatadi. CMA CGM Group — konteynerli dengiz tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi eng yirik fransuz transport kompaniyasi bo‘lib, ushbu yo‘nalishda dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Fransiyafa tashrif Havas Holding uchun samarali kechdi. Kompaniyalar guruhi O‘zbekistonning Fransiya kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda davom etadi.
Havas Holding haqida
Havas Holding — 2018 yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan ko‘p tarmoqli kompaniyalar guruhi. Havas Holding asoschisi Fatxulla Sodiqov hisoblanadi. Hozirda guruh korxonalari chakana savdo, development, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va FMCG tovarlarini tarqatish bilan shug‘ullanadi. Guruh korxonalarida 4000 ga yaqin odam mehnat qiladi.
Sayt: havasholding.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

09:00 / 07.03.2025
Havas diskaunterlari tarmog‘i faoliyatining 6 yilligini nishonlamoqda

09:00 / 04.03.2025
Havas Holding Pokiston kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

14:00 / 19.02.2025
Havas Holding Kuvaytning Gulf Investment House kompaniyasi bilan 400 mln dollarlik bitim imzoladi

09:00 / 07.02.2025