Jahon | 19:45 / 18.03.2025
2127
2 daqiqa o‘qiladi

Parijda politsiya migrantlar egallab olgan teatr binosida operatsiya o‘tkazdi

Operatsiya davomida migrantlarning chiqarib yuborilishiga qarshilik ko‘rsatgan norozilik namoyishi ishtirokchilari bilan to‘qnashuv yuz berdi.

Foto: AP

Parij politsiyasi 18 mart kuni ertalab migrantlar tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan «Lirik opera» binosida operatsiya boshladi.

Qayd etilishicha, yuzlab migrantlar Fransiya poytaxti markazida joylashgan ushbu binoda uch oydan ortiq vaqtdan beri yashab kelmoqda.

Fransuz OAVga ko‘ra, operatsiya davomida migrantlarning chiqarib yuborilishiga qarshilik ko‘rsatgan norozilik namoyishi ishtirokchilari bilan to‘qnashuv yuz bergan. Politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanganidan keyin namoyishchilari vaqtincha chekingan.

Fransiya adliya vaziri Jyerald Darmanen TF1 telekanali efirida operatsiya qonuniy ravishda o‘tkazilgani, chunki «noqonuniy okkupatsiya va jamoat tartibini buzishga chek qo‘yish kerak»ligini ma’lum qildi.

Parij politsiyasiga ko‘ra, 450 ga yaqin yosh migrant 10 dekabr kuni teatr binosini egallab olgan va ular o‘zlariga boshpana taqdim etilishini talab qilmoqda.

Parijning 20-okrugidan saylangan parlament a’zosi Daniel Simonne huquq-tartibot organlarining «zo‘ravonlik bilan aralashuvini» qoraladi. Politsiya shtab-kvartirasida esa qo‘lga olinganlarni joylashtirish bo‘yicha yechimlar taklif etilishi lozimligini ta’kidladi.

Mavzuga oid