Jamiyat | 11:31
8551
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 15 mingdan ortiq kishining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘gan jinoiy guruh ushlandi

Toshkent shahrida plastiklardagi pul mablag‘lari va shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanuvchi Call-markaz faoliyatiga chek qo‘yildi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir guruh shaxslar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uylardan birini ijaraga olib, u yerda Call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ygani aniqlandi.

Ular fuqarolarga soxta qo‘ng‘iroqlar orqali firibgarlik yo‘li bilan ularni aldab, mol-mulklarini talon-toroj qilish bilan shug‘ullanib kelgan. 

Ushbu jinoyat guruhda ikki nafar tashkilotchi hamda 20 ga operatorlar faoliyat yuritgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan 15 mingdan ortiq fuqarolarning abonent raqamlari, shaxsga doir ma’lumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona uyali aloqa vositasi, 10 dan ortiq plastik kartalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-4-moddasi (Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.

Mavzuga oid