Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashga qarshi navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
12 mart kuni o‘tkazilgan reyd davomida poytaxt hududida bir kunning o‘zida chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jami 11 million 375 ming so‘m jarima qo‘llandi.
MJtKning 91-1-moddasi 1-qismiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha (375 000 — 1 125 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 750 000 — 7 500 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 875 000 — 3 500 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha (7 500 000 — 11 250 000 so‘m) miqdorda jarima solinadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya dumasi chet elga turlar uchun soliq joriy qilmoqchi
Jahon | 11:53
-
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi
Jahon | 11:41
-
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak
Jahon | 11:21
Mavzuga oid

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025