Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Bloger jamoatchilik tanqidiga uchradi. Voqea Avstraliya TIV e’tiborini tortdi.

Foto: AP
Avstraliyada amerikalik bloger Sem Jons vombat bolasini onasidan ajratib olgani uchun vizadan mahrum bo‘lishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
O‘zini “faol dam olish va ovchilik ishqibozi” deb ataygan qiz kechasi onasi bilan yurgan vombat bolasini tutib olgan. Blogerning hamrohi bu voqeani videoga tushirgan.
Kadrlarda Jons qo‘lida kichkina vombatni ko‘targancha mashinaga qarab yugurayotgani, shu paytda jonivor chinqirib, vishillayotgani ko‘rinadi. Vombatning onasi qizning ortidan chopgan, ammo qiz undan qochishda davom etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sem Jonsga qarshi ko‘plab tanqidlar yog‘ildi. Uning qilmishi “bag‘ritoshlik” deb baholandi. Voqea Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi va Qirollik hayvonlarni himoya qilish jamiyatining e’tiborini tortdi. Hukumat vakillari blogerga viza berish shartlarini belgilash va qat’iy tekshiruv o‘tkazishni va’da qildi, bu unga kelgusida Avstraliya vizasi uchun hujjat topshirishni taqiqlashga olib kelishi mumkin.
“Tashvishlanayotgan va xavotirga tushayotgan barcha odamlarga aytmoqchiman: vombat bolasini atigi BIR daqiqagina ehtiyotkorlik bilan qo‘lda ushlab turdim, so‘ngra darhol onasiga qaytarib berdim”, — deya o‘zini oqlashga uringan Jons.
Qirollik hayvonlarni himoya qilish jamiyatining katta ilmiy xodimi doktor Di Evans blogerning xatti-harakati mahalliy yovvoyi tabiatga nisbatan “ochiqdan ochiq e’tiborsizlik”ni aks ettirishini aytdi.
Ma’lumot uchun, asosan, Avstraliyada yashovchi vombatlar xaltalilar oilasiga kiradi. Ular bir yilda bir marta ko‘payadi. Vombatlarning atigi bir nechta turi bor. Ulardan bir turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Mavzuga oid

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

21:31 / 03.05.2025
2026 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi

15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin

12:24 / 30.04.2025