Tramp: AQSh muzokarachilari Moskvaga jo‘nab ketdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holda u Moskvaga bosim o‘tkazish uchun choralar ko‘rishi shart bo‘lmaydi.

Foto: Carlos Barria / Reuters
Kiyev bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgach, amerikalik muzokarachilar maslahatlashish uchun allaqachon Moskvaga jo‘nab ketishgan. 12 mart, chorshanba kuni Vashingtonda Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin bilan uchrashuv chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga «hozirda ular u yerga yo‘l olishmoqda», dedi.
Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishiga «umid qilishini» aytdi. Jurnalistlarning Moskvaga nisbatan ehtimoliy bosim choralari haqida so‘raganida, Amerika yetakchisi shunday javob berdi: «Bunday ishlar yoqimsiz bo‘ladi. Moliyaviy jihatdan men Rossiya uchun juda yomon bo‘ladigan ishni qilishim mumkin. Men buni qilishni xohlamayman, chunki men tinchlikni xohlayman».
O‘z navbatida, AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens AQSh va Rossiya vakillari o‘rtasida faol muzokaralar olib borilayotganini ta’kidladi. U Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarning ilk natijalarini olqishladi. «Biz hozir juda yaxshi holatdamiz deb o‘ylaymiz: ukrainaliklar o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishdi, endi biz Rossiyani ham bunga rozi bo‘lishga ko‘ndira olamizmi yoki yo‘qmi, shuni ko‘ramiz», — dedi u.
Zelenskiy: Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi
Ukraina AQShning 30 kunlik otashkesim o‘rnatish taklifiga rozi bo‘ldi, endi Vashington Rossiyani ishontirishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 mart kuni kechki nutqida Kiyev va Vashington vakillari o‘rtasidagi muzokaralar natijalarini sharhlar ekan, aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda Kiyev uchta taklifni ilgari surgan: «osmonda sukunat», «dengizda sukunat» va «asirlarni ozod qilish». Bunga javoban, Zelenskiy ta’kidlaganidek, Amerika tomoni oldinga birinchi qadamni qo‘yishni taklif qildi va 30 kun davomida suvda, havoda va butun front chizig‘i bo‘ylab to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishga harakat qiladi. «Ukraina bu taklifni qabul qilmoqda, biz buni ijobiy deb hisoblaymiz, biz shunday qadam tashlashga tayyormiz. AQSh Rossiyani bunga ishontirishi kerak. Ya’ni, biz rozimiz, agar ruslar rozi bo‘lsa sukunat hukm suradi», — dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid

09:47
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi

09:26
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

22:24 / 12.03.2025