Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisi raisi bilan uchrashdi
Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 mart kuni Parij shahridagi Burbon saroyida Fransiya Milliy majlisi raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu tashrifning tarixiy ahamiyati, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Fransiya parlamenti quyi palatasi rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni, vakillik organlarining roli, xotin-qizlar, bolalar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari hamda ekologik xavfsizlik kafolatlari kuchayganini yuqori baholadi.
O‘zbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini tashkil etish va «yo‘l xaritasi» asosida do‘stlik guruhlari ishini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston yetakchisi Milliy majlis raisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga taklif etdi.
Uchrashuv yakunida Mirziyoyev Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.
Mavzuga oid
20:42
Toshkentda Fransiya viza markazi ochildi
23:04 / 09.03.2026
Fransiya Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovini tiklash uchun harbiy missiya tayyorlamoqda
07:53 / 09.03.2026
Samolyotdan kosmosga: lazer aloqada rekord tezlik qayd etildi
22:41 / 02.03.2026