Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada kir yuvish mashinasiga tiqilib qolgan qiz qutqarildi
Qizni olib chiqish uchun mashinaning bir nechta qismini kesishga to‘g‘ri keldi.

Foto: Jam Press
Ispaniyada sakkiz yoshli qiz kir yuvish mashinasi ichida tiqilib qoldi. Ota-onasi uni olish uchun o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda Need to Know nashri.
Malaga shahrida yashovchi qizcha o‘chirilgan kir yuvish mashinasining barabaniga o‘ynab kirib olgan, ammo qaytib chiqa olmagan. Uning ota-onasi ham qo‘rqib ketgan, bolani chiqara olmay, qutqaruvchilarni chaqirishga majbur bo‘lgan.
O‘t o‘chiruvchilar qizchani olish uchun mashinaning bir nechta qismini kesishiga to‘g‘ri keldi. Ular qutqaruv operatsiyasiga 50 daqiqa sarfladi. Bola oyoqlaridagi bir-ikkita ko‘karishni hisobga olmaganda, jiddiy jarohat olmadi. Kir yuvish mashinasi esa ta’mirlab bo‘lmaydigan holga keldi.
“Hammamiz bola bo‘lganmiz, o‘ynaganmiz, lekin men hech qachon bunday holatni ko‘rmaganman”, — dedi o‘t o‘chiruvchilardan biri.
Avvalroq Jizzaxda kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bola qutqarilgan edi. Bolakay sog‘-salomat ota-onasiga topshirilgan.
Mavzuga oid

07:44
Ispaniya O‘zbekistonda charm klasterini tashkil etishi mumkin

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

20:08 / 05.07.2025
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi

21:48 / 27.06.2025