Ruminiyada rossiyaparast siyosatchi yana saylovda qatnashadi
Kelin Jorjyesku Ruminiya Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlik saylovlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni topshirdi. Avvalroq Konstitutsiyaviy sud u g‘alaba qozongan birinchi tur natijalarini bekor qilgan edi. Soxtalashtirish holatlari yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: AP
Rossiyaparast ruminiyalik siyosatchi Kelin Jorjyesku Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni topshirdi. Bu haqda 7 mart, juma kuni Ruminiyaning Agerpres axborot agentligi xabar berdi.
Jorjyesku mustaqil nomzod sifatida qatnashmoqda
62 yoshli o‘ta o‘ng siyosatchi rafiqasi bilan birga Markaziy saylov komissiyasiga kelgan. Uning yuzlab tarafdorlari bino tashqarisida to‘planishgan. Jorjyesku o‘z nomzodini qo‘yish uchun 324 ming imzo to‘plaganini aytdi. Qonunga ko‘ra, har bir nomzod kamida 200 ming fuqaroning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashi kerak.
Jorjyeskuga imzo to‘plashda Ruminiyaliklarni birlashtirish alyansi (AOR) va Yoshlar partiyasi yordam berdi. Ularning rahbarlari Jorj Simion va Anamariya Gavrilya ham Jorjyeskuni qo‘llab-quvvatlash uchun MSKga kelishdi.
U mustaqil nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni topshirdi. Bundan oldin u millatchi AOR a’zosi edi.
Jorjyesku birinchi tur natijalari bekor qilinishi haqida
Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi natijalarini bekor qilgan kunni nazarda tutgan siyosatchi: «2024 yil 6 dekabrda demokratiya o‘ldirildi. Bugun Ruminiya xalqi uni tiriltirdi», dedi. O‘shanda Jorjyesku g‘olib deb e’lon qilindi, unga saylovchilarning 22,94 foizi ovoz berdi.
Ruminiya maxsus xizmatlari Rossiyani saylovlarga, xususan, siyosatchini ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish kampaniyasi orqali aralashishda aybladi. Ta’kidlanishicha, Rossiya Jorjyeskuni reklama qilish uchun minglab TikTok akkauntlaridan foydalangan. Ruminiya Bosh prokuraturasi natijalarni soxtalashtirish bo‘yicha ish ochdi. Takroriy saylovlar 4 mayga belgilangan. Agar nomzodlardan hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmasa, ikkinchi tur 18 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
-
Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi
Jahon | 22:32 / 08.05.2025
Mavzuga oid

11:30 / 06.05.2025
Ruminiya bosh vaziri prezidentlik saylovlaridan keyin iste’foga chiqdi

09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi

14:58 / 04.05.2025
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi

20:32 / 07.04.2025