Ruminiyada Georgeskuga prezidentlik saylovida ishtirok etishga ruxsat berildi
Fevral oyida Ruminiya xavfsizlik xizmatlari prezidentlik saylovining birinchi bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plagan Kalin Georgeskuni hibsga oldi, keyinroq saylov natijalari bekor qilingan edi.

Kalin Georgesku Foto: AP / Alexandru Dobre
Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi prezidentlik saylovida Kalin Georgesku nomzodining ro‘yxatga olinishiga qarshi norozilikni rad etdi. Bu haqda sud matbuot xizmatining 8 mart kuni bergan bayonotida aytilgan.
Kalin Georgesku ustidan shikoyatlar bir kun avval, 7 mart kuni prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazganidan keyin kelgan edi.
Fevral oyi oxirida Ruminiya xavfsizlik xizmatlari prezidentlik saylovining birinchi bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plagan Kalin Georgeskuni hibsga oldi, keyinroq saylov natijalari bekor qilindi. Siyosatchining sheriklari fashistik tashkilot tuzish bo‘yicha ish doirasida qidiruvga berilgan.
Avvalroq, Ruminiya Milliy xavfsizlik kengashi Rossiyaning Georgeskuni qo‘llab-quvvatlash kampaniyasini, jumladan, kiberhujumlar va ijtimoiy tarmoqlar algoritmlarini manipulyatsiya qilishni tasdiqlovchi maxfiy materiallarni e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid

11:30 / 06.05.2025
Ruminiya bosh vaziri prezidentlik saylovlaridan keyin iste’foga chiqdi

09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi

14:58 / 04.05.2025
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi

20:32 / 07.04.2025