O‘zbekiston | 11:00 / 08.03.2025
1617
2 daqiqa o‘qiladi

Asialuxe Travel – Expedia Group bilan strategik hamkorlikka ega Markaziy Osiyoning birinchi turoperatori

Berlinda bo‘lib o‘tgan ITB 2025 xalqaro turizm ko‘rgazmasida Asialuxe Travel va Expedia Group Markaziy Osiyoda turizmni rivojlantirishga qaratilgan strategik tashabbuslarni taqdim etdi. Asosiy e’tibor turistik xizmatlarni kengaytirish, band qilish jarayonini raqamlashtirish hamda sayohat sanoatida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratildi.

Foto: Asialuxe Travel

Asialuxe Travel kompaniyasi Amerikaning Expedia Group platformasi bilan bir yildan beri muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik sayyohlarga butun dunyo bo‘ylab minglab aviachipta, mehmonxona va turlardan foydalanish imkonini taqdim etyapti. Bu vaqt ichida hamkorlik servis sifatini oshirish va turistik takliflarni kengaytirishga yordam berib, o‘z samaradorligini isbotladi.

Hamkorlik mustahkamlanishi munosabati bilan kompaniyalar maxsus EXPEDIAASIA promokodini ishga tushirishdi. Ushbu kod Asialuxe.uz saytida sayohat band qilishda qo‘shimcha chegirma taqdim etadi.

«Expedia Group bilan bir yillik hamkorlik davomida turistik servis yangi bosqichga chiqdi. Hamkorligimiz yanada mustahkamlangani sharofati bilan mijozlarimizga ko‘proq foydali imkoniyatlar va qulay yechimlarni taqdim etishga tayyormiz», – deya ta’kidladi Asialuxe Travel vakili.

Asialuxe Travel haqida

Asialuxe Travel – O‘zbekistonning yirik turistik operatori. Kompaniya sayyohlarga turli toifadagi mehmonxonalar, guruhli va individual ekskursiyalar hamda xilma-xil turistik xizmatlarni taqdim etadi.

Expedia Group haqida

Expedia Group – sayohat band qilish bo‘yicha AQShning yirik onlayn platformasi. Kompaniya ekotizimida Expedia, Hotels.com, Orbitz, Travelocity kabi brendlar bor. Expedia Group ilg‘or texnologik yechimlar, qulay band qilish servislari va turistik xizmatlarning keng tanlovini taklif qilib, butun dunyo bo‘ylab millionlab sayyohlarga eng yaxshi takliflarni topish va band qilish imkonini beradi.

Mavzuga oid