Zelenskiy ko‘chada turib murojaat qildi
Zelenskiy mudofaa vaziri va diplomatlarga AQShdan harbiy yordam to‘xtatilgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot olishni buyurdi.

Foto: Telegram/V_Zelenskiy_official
Volodimir Zelenskiy Kiyevda ko‘chada turib ukrainlarga murojaat yo‘lladi va o‘z amaldorlariga amerikalik hamkasblar bilan bog‘lanib, harbiy yordam borasida javob olishni topshirganini ma’lum qildi.
«Bugun ko‘pchilikda savol bor — Amerika yordami bo‘yicha endi nima bo‘ladi. Men Ukraina mudofaa vaziriga, razvedkalarimiz boshliqlariga, diplomatlarga AQShdagi hamkasblari bilan bog‘lanib, rasmiy ma’lumot olishni buyurdim. Odamlar taxmin qilmasligi kerak. Ukraina va Amerika hurmatli dialogga munosib», — dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina bir necha hafta ichida «turli signallar olgan», gumanitar va harbiy yordamning to‘xtatilishi bilan bog‘liq voqea yanvar oxirlarida kuzatilgan, ammo «unda barchasini tezda qayta tiklashga muvaffaq bo‘lingan».
«Hozir 2022 yil emas. Hozir bizning barqarorligimiz yuqori, himoya uchun vositalarimiz bor, ammo urushni haqiqatda tugatish uchun bizga Amerika bilan yaxshi sheriklik munosabatlari muhim», — deydi Zelenskiy. Shuningdek, u Ukraina ko‘rsatilayotgan barcha qo‘llab-quvvatlov uchun Amerikadan doim minnatdor bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Zelenskiyning fikricha, Rossiya o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagan va ukrain armiyasining qisqartilishi hamda Ukraina hududlaridan qonuniy voz kechilishini talab qilish niyatida. «Barchamiz Ukrainada ekanmiz, birgalikda va mustahkam turishni davom etamiz, shu yerda ekanmiz — buni hech kim uddalay olmaydi», — deydi Zelenskiy.
4 mart kuni Amerika OAV o‘z manbalariga tayanib, Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatgani haqida yoza boshladi. Bu Oq uyda Zelenskiyning Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens bilan yuz bergan tortishuvidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lmoqda.
Avvalroq Zelenskiy murojaat e’lon qilib, Oq uydagi uchrashuv «kutilganidek bo‘lmaganini» tan olib, bundan afsusda ekanini ma’lum qilgandi. U Ukraina «urushga chek qo‘yish uchun tez ishlashga tayyorligi» va Tramp ma’muriyati bilan hamkorlik qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

01:10
Tramp: Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

16:41 / 08.03.2025