O‘zbekistonda anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.

Foto: Getty Images
Anderrayting – emitentning qimmatli qog‘ozlarini chiqarilishini tashkillashtirish va/yoki kafolatli joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyati.
Anderrayter tomonidan qimmatli qog‘ozlarni kafolatli joylashtirish turlari quyidagilardan iborat:
- to‘liq kafolatli joylashtirish – chiqarilgan barcha qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi;
- qisman kafolatli joylashtirish – chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning 10 foizdan kam bo‘lmagan qismining joylashtirilishi.
Emitent va anderrayter o‘rtasidagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
Shartnomaning majburiy shartlari:
- qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari va anderrayting xizmatining xususiyati;
- emitent va anderrayter (birlashma) o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida o‘zaro munosabatlarning shartlari va tartibi;
- emitent bilan anderrayter (birlashma) o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishdan keyingi o‘zaro munosabatlarning shartlari va tartibi (ikkilamchi bozorda joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni anderrayter (birlashma) tomonidan qo‘llab-quvvatlash);
- anderrayting xizmatlari uchun haq to‘lash miqdori va tartibi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida anderrayter tomonidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
- investorlar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni lozim darajada oshkor qilmasdan turib anderrayting xizmatlarini amalga oshirish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorining alohida bir ishtirokchilariga yoki investorlarga boshqalarga nisbatan imtiyozli huquqlarni taqdim etish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
- emitent bilan tuzilgan shartnomaning shartlarini bajarmaslik, lozim darajada bajarmaslik va (yoki) o‘z vaqtida bajarmaslik;
- emitentga, birlashma bo‘yicha hamkorlariga yoki investorlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlar.
Mavzuga oid

07:34 / 25.07.2023
Hukumat davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi

16:13 / 27.06.2023
OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 ta nizom tasdiqlandi

09:11 / 03.08.2022
O‘zbekistonda xodimni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi belgilandi

07:35 / 01.03.2022