Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kursk oblastining 33 nafar aholisi Ukrainadan Rossiyaga qaytdi
Kursk oblastidan avvalroq mintaqadagi janglar tufayli Ukrainaga evakuatsiya qilingan 33 nafar tinch fuqaro Rossiyaga qaytdi. Ularning aksariyati keksalar, dedi Tatyana Moskalkova.

Foto: RIA Novosti
Kursk oblastidan avvalroq mintaqadagi janglar tufayli Ukrainaga evakuatsiya qilingan 33 nafar tinch fuqaro Rossiyaga qaytdi. Bu haqda 3 mart, dushanba kuni Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Telegramʼda xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning qaytishi Qizil Xoch va Belarus hukumati vositachiligida amalga oshirilgan. Qaytganlarning aksariyati keksalar. Ular orasida to‘rt nafar bola ham bor.
Jarohat yoki kasallik aniqlanganlar Kurskdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Qolganlari qarindoshlarinikiga olib ketilgan.
WP: Kursk oblastining 100 nafar aholisi fevralda Ukrainaga jo‘nab ketdi
Avvalroq Amerikaning The Washington Post gazetasi 2025 yil fevralida Kursk oblastining 100 dan ortiq aholisi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan hududlardan Ukrainaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edi. Ularning aksariyati 1 fevral kuni tinch aholi uchun boshpana bo‘lgan Sudjadagi maktab-internatga uyushtirilgan hujumdan keyin ketishga qaror qilgan.
WP ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari avvalroq Ukrainaga ketishni so‘ragan rossiyaliklarning kichik guruhlari, jumladan, bolalar, bemorlar va yaradorlarni evakuatsiya qilgan. Keyin Kiyev Moskva bilan ularning ko‘p qismini Belarus orqali Rossiya Federatsiyasiga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Mavzuga oid

23:47 / 17.07.2025
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi

19:39 / 17.07.2025
Ukrainada yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

13:40 / 17.07.2025
Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga Patriot yuborilganini tasdiqlay olmadi

12:02 / 17.07.2025